Yangiliklar
Ilmiy, uslubiy va ekspert-tahliliy faoliyat natijalarini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida
Ilmiy, uslubiy va ekspert-tahliliy faoliyat natijalarini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida
2026-yil 6-noyabr kuni Markaz xodimlarining ilmiy, uslubiy va ekspert-tahliliy faoliyati natijalari amaliyotga joriy etilganligini tasdiqlovchi navbatdagi ma’lumotnoma olindi.
Markaz faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar natijalarining amaliyotda qo‘llanilishini ta’minlash, shuningdek, ularni xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga joriy etishga ko‘maklashishdan iborat.
Mazkur yo‘nalish doirasida «STAMPA TEXTILE» MChJ Markazning Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish bo‘limi ilmiy xodimi A.R. Valijonov tomonidan tayyorlangan «Xo‘jalik jamiyatlarining ichki hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar»dan jamiyatning ichki hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda foydalandi. Mazkur ishlar Markaz bilan tuzilgan xo‘jalik shartnomasiga muvofiq amalga oshirildi.
Ushbu natija Markazning ilmiy-uslubiy ishlanmalariga talab mavjudligini hamda ularning xo‘jalik jamiyatlari faoliyatini takomillashtirishdagi amaliy ahamiyatini tasdiqlaydi.
