Yangiliklar
Oliy ta’lim muassasasida korporativ boshqaruv bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Oliy ta’lim muassasasida korporativ boshqaruv bo‘yicha seminar o‘tkazildi
2026-yil 24-oktabr kuni Markaz direktorining o‘rinbosari Z. Ashurov tomonidan Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti talabalari hamda professor-o‘qituvchilari uchun “Korporativ boshqaruvning amaliy jihatlari va O‘zbekiston qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlar” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida korporativ boshqaruvning mohiyati va ahamiyati, uning korporativ menejmentdan farqi, korporativ boshqaruvning milliy tizimi, shuningdek, O‘zbekistonning korporativ boshqaruv sohasidagi qonunchiligiga kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlar ko‘rib chiqildi. Aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv organlari, jumladan, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlari, kuzatuv kengashlari va ijroiya organlari faoliyatining amaliy masalalariga, shuningdek, kuzatuv kengashlarining mustaqil a’zolari roli va ularning fidutsiar majburiyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar talaba va professor-o‘qituvchilarning zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillari hamda ularni O‘zbekistonda amaliyotga tatbiq etish jihatlari bo‘yicha bilimlarini oshirishga qaratildi.





