Государственный герб республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi

Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish

muammolarini tadqiq etish markazi

Фотография здания Госкомконкуренции

Toshkent shahar,

Amir Temur ko'chasi, 6

(+998 71) 259-21-06

research@davaktiv.uz


  • Markaz haqida
  • Maqsad va vazifalari
  • Tashkiliy tuzilma
  • Markaz xodimlari
  • Ilmiy kengash
  • Hisobotlar
  • Ilmiy mahsulotlar
  • Nashr etilgan ishlar
  • Mualliflik guvohnomalari
  • Amaliyotga joriy etish
  • AJlar uchun axborot
  • Foydali havolalar
  • E’lonlar
  • Vakansiyalar
  • Qayta aloqa
  • Ochiq ma’lumotlar
  • Tenderlar
  • Yangiliklar

    80 yoshlik muborak!

    23.10.2026
    80 yoshlik muborak!
    80 yoshlik muborak!
    80 yoshlik muborak!
    80 yoshlik muborak!
    80 yoshlik muborak!
    1 / 5
    80 yoshlik muborak!80 yoshlik muborak!80 yoshlik muborak!80 yoshlik muborak!80 yoshlik muborak!

    80 yoshlik muborak!

    Hurmatli Aleksandr Nikolayevich Kravchenko!

    Tadqiqotlar markazi jamoasi Sizni qutlug‘ 80 yoshlik yubileyingiz bilan samimiy muborakbod etadi!

    Sizning ko‘p yillik mehnat va ilmiy faoliyatingiz tanlangan kasbga sadoqat, yuksak kasbiy mahorat hamda milliy ilm-fan ravnaqi yo‘lida izchil xizmat qilishning yorqin namunasidir. Hayotingizning yarim asrdan ortiq davri ilmiy tadqiqotlar, iqtisodiy islohotlar va O‘zbekiston Respublikasida baholash faoliyatini rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liq.

    Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlaganingizdan so‘ng, Siz O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalarida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi tizimida, shuningdek, baholash faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda faoliyat yuritib, salmoqli kasbiy yo‘lni bosib o‘tdingiz. Iqtisodiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasi va katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega bo‘lishingiz kasbiy shakllanishingizdagi muhim bosqichlar bo‘ldi.

    Mamlakatimizda mol-mulkni baholash tizimini yaratish va takomillashtirishga qo‘shgan beqiyos hissangiz alohida e’tirofga loyiq. Siz O‘zbekiston Respublikasining 1999-yilda qabul qilingan «Baholash faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunini tayyorlashda, 1998–2020-yillarda ishlab chiqilgan milliy baholash standartlarini hamda 2023-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini ishlab chiqishda faol ishtirok etgansiz. Kasbiy tajribangiz va ilmiy ishlanmalaringiz baholash faoliyatining normativ-huquqiy hamda metodologik asoslarini, shu jumladan davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarida qo‘llaniladigan mexanizmlarni takomillashtirishga xizmat qilmoqda.

    Bugungi kunda ham Siz turli xususiyatlarga ega mol-mulkni baholash bo‘yicha qo‘shni mamlakatlarda o‘xshashi mavjud bo‘lmagan yangi normativ-huquqiy standartlarni ishlab chiqishda davom etmoqdasiz.

    Mutaxassislar tayyorlash va sohaning ilmiy-uslubiy bazasini rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratasiz. Siz «Ko‘chmas mulkni baholash» (2005-yil) va «Biznes qiymatini baholash» (2006-yil) nomli ikkita o‘quv qo‘llanmaning muallifi va hammuallifisiz. Ilmiy faoliyatingiz davomida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, baholash faoliyatini takomillashtirish va mol-mulk qiymatini aniqlash metodologiyasiga bag‘ishlangan maqolalar hamda ma’ruza tezislarini o‘z ichiga olgan jami 37 ta ilmiy nashr muallifi bo‘lgansiz.

    Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazining baholash va rieltorlik faoliyatini tartibga solishning ilmiy-uslubiy asoslarini rivojlantirish bo‘limi mudiri lavozimida faoliyat yuritib, ilmiy tadqiqotlar olib borish, tahliliy materiallar tayyorlash va sohani tartibga solishni takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqdasiz. Sizning bilimlaringiz va ko‘p yillik amaliy tajribangiz mustaqil baholash faoliyatini yanada rivojlantirish hamda mutaxassislarning kasbiy mahoratini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Hamkasblaringiz va safdoshlaringiz bilan muloqotdagi samimiyligingiz, xushmuomalaligingiz va shaxsiy kamtarligingizni ham alohida qadrlaymiz.

    Hurmatli Aleksandr Nikolayevich!

    Ushbu qutlug‘ kunda Sizga mustahkam sog‘liq, farovonlik, qalb harorati, bitmas-tuganmas kuch-g‘ayrat hamda ilmiy va kasbiy faoliyatingizda yangi yutuqlar tilaymiz. Ko‘p yillik tajribangiz bundan keyin ham milliy ilm-fan ravnaqiga, baholash faoliyatini takomillashtirishga va yuqori malakali mutaxassislarning yangi avlodini tayyorlashga xizmat qilsin!

    Chuqur hurmat bilan,

    Tadqiqotlar markazi jamoasi