Yangiliklar
Rustam Turgunovich Nuralievni professor ilmiy unvoni berilganligi bilan tabriklaymiz!
Rustam Turgunovich Nuralievni professor ilmiy unvoni berilganligi bilan tabriklaymiz!
Tadqiqotlar markazi jamoasi bo‘lim boshlig‘i, iqtisodiyot fanlari nomzodi Nuraliev Rustam Turgunovichni professor ilmiy unvoni berilganligi bilan samimiy tabriklaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan ushbu ilmiy unvon O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Kengashining tavsiyasi asosida berildi.
Ushbu yuksak ilmiy unvonning berilishi olimning ilmiy yutuqlari, kasbiy mahorati va iqtisodiy fanni rivojlantirishga qo‘shgan hissasining e’tirofi hisoblanadi.
Mazkur voqea uning ilmiy va kasbiy faoliyatidagi muhim bosqich bo‘lib, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarining e’tirof etilishi hamda ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirishga bo‘lgan intilishini namoyon etadi.
Markaz jamoasi Rustam Turgunovichni ushbu muhim yutuq bilan samimiy tabriklaydi hamda unga mustahkam sog‘liq, farovonlik, kuch-g‘ayrat, ilmiy faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar va kelgusida yanada yuksak kasbiy yutuqlar tilaydi!






