Государственный герб республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi

Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish

muammolarini tadqiq etish markazi

Фотография здания Госкомконкуренции

Toshkent shahar,

Amir Temur ko'chasi, 6

(+998 71) 259-21-06

research@davaktiv.uz


  • Markaz haqida
  • Maqsad va vazifalari
  • Tashkiliy tuzilma
  • Markaz xodimlari
  • Ilmiy kengash
  • Hisobotlar
  • Ilmiy mahsulotlar
  • Nashr etilgan ishlar
  • Mualliflik guvohnomalari
  • Amaliyotga joriy etish
  • AJlar uchun axborot
  • Foydali havolalar
  • E’lonlar
  • Vakansiyalar
  • Qayta aloqa
  • Ochiq ma’lumotlar
  • Tenderlar
  • Yangiliklar

    Markazda navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi

    29.09.2026
    Markazda navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi
    Markazda navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi
    Markazda navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi
    Markazda navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi
    Markazda navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi
    Markazda navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi
    1 / 6
    Markazda navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdiMarkazda navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdiMarkazda navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdiMarkazda navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdiMarkazda navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdiMarkazda navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi

    2026-yil 29-sentabr kuni Markazda Mulkchilik va bozor munosabatlarini rivojlantirishni tahlil qilish va modellashtirish ilmiy laboratoriyasi doirasida navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

    Markazning ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq, seminar ishtirokchilariga mulkchilik va bozor munosabatlarini rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida xususiy sektor ulushini oshirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ikkita ma’ruza taqdim etildi.

    Birinchi ma’ruza «Qo‘shimcha aksiyalar (ulushlar) chiqarish orqali xususiy investitsiyalarni jalb etish hisobiga davlat ishtirokidagi korxonalar ustav kapitalidagi davlat ulushini kamaytirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning asosiy normalari» mavzusida bo‘lib, uni yetakchi ilmiy xodim Butabayev Mehriddin Shahbidinovich taqdim etdi. Ma’ruza 2026-yil III choragida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida tayyorlangan.

    Ikkinchi ma’ruza — «Rieltorlik faoliyati uchun kadrlarni qayta tayyorlash va rieltorlarning malakasini oshirish bo‘yicha davlat ta’lim talablari» mavzusida bo‘lib, uni kichik ilmiy xodim Mirzarahmonov Farrux Saparaali o‘g‘li taqdim etdi. Tadqiqot 2026-yil II choragida o‘tkazilgan.

    Muhokama jarayonida ko‘rib chiqilayotgan sohalarni normativ jihatdan tartibga solishni takomillashtirish, kadrlar tayyorlash hamda tadqiqotlar doirasida ishlab chiqilgan takliflarni amaliyotga joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

    Ma’ruzalar yuzasidan savol va takliflar bilan iqtisodiyot fanlari nomzodi, Markaz bo‘lim mudiri R.I. Qayumov hamda iqtisodiyot fanlari nomzodi, Markaz bo‘lim mudiri R.T. Nuralievlar ishtirok etdilar.

    Seminar yakunida tadqiqot natijalari va takliflar yuzasidan mazmunli ilmiy muhokama o‘tkazilib, tegishli tartibga solish mexanizmlarini yanada takomillashtirish va tadqiq etilayotgan yo‘nalishlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.